Erkakning munosabati homiladorlikka ta’sir qiladimi?
Ha, ta’sir qiladi.
Ayol organizmi juda nozik tizim. Agar u doimiy bosim, kamsitish yoki qo‘llab-quvvatlash yetishmasligi sharoitida yashasa, tana buni stress sifatida qabul qiladi. Bu kabi
reproduktiv psixosomatikalar oqibatida stress gormoni oshadi, gormonal muvozanat o‘zgaradi va organizm
homiladorlik uchun to‘liq tayyor bo‘lmay qolishi mumkin.
Homiladorlik — bu faqat biologiya emas. Bu xavfsizlik, ishonch va xotirjamlik hissi bilan bog‘liq jarayon bo'lib, aynan xavfsizlik hissi va homiladorliklari o'rtasida juda kuchli bog'liqlik mavjud. Ayol o‘zini hurmat qilingan va qo‘llab-quvvatlangan his qilsa, organizm ham boshqacha, to'g'ri ishlaydi.
Shuning uchun reproduktiv salomatlikda nafaqat tibbiy tahlil va muolajalar, balki oilaviy munosabat va
bepushtlik o'rtasidagi uzviy sabab-oqibatni hisobga olgan holda oiladagi sog'lom muhit ham eng muhim omil hisoblanadi.
Sog‘lom farzand sog‘lom va tinch muhitdan boshlanadi
🤍
📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic