Ortga qaytish
Maqola

EKO narxlari nimalarga bog‘liq?

🏥 EKO narxlari nimalarga bog‘liq?

Bugungi kunda koʻpchilikni eko qilish narxi va uning qanday shakllanishi qiziqtiradi. Toshkentda eko qilish narxi bir nechta muhim omillarga qarab belgilanadi. EKO (ekstrakorporal urug‘lantirish) narxi bir nechta muhim omillarga qarab shakllanadi:

1. Klinika va texnologiya

Zamonaviy laboratoriya, yuqori texnologik uskunalar va mutaxassislar tajribasi jarayon sifati va narxiga bevosita ta’sir qiladi.

2. Bemorning individual holati

Bepushtlik sababi, gormonal holat, qo‘shimcha kasalliklar va oldingi davolanishlar EKO jarayonining murakkabligini belgilaydi.

3. Dori vositalari va protokol

Stimulyatsiya uchun ishlatiladigan dorilar, dozalar va tanlangan protokol narxni o‘zgartiradi.

4. Qo‘shimcha xizmatlar

Embrionni muzlatish, genetik tekshiruvlar (PGT), qo‘shimcha laboratoriya bosqichlari umumiy qiymatga ta’sir qiladi. Xulosa EKO narxi standart emas — u har bir juftlikka individual yondashuv asosida belgilanadi. Eng muhim maqsad esa narx emas, balki sifatli natijaga erishish 📨 Manba: Telegram: @eko_iksi_clinic